O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi Qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinchi o`rinbosari lavozimiga Omonullo Zabixullaevich Nasritdinxojaev tayinlandi.
Nasritdinxojaev O. Z. 1971 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi “SDA Bocconi” menejment maktabini tamomlagan, shuningdek, 2016 yilda Garvard Biznes maktabi ilg`or menejment dasturini tamomlagan.
Tayinlovga qadar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investisiyalar va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.






