AsosiyJamiyat

O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi ogohlantiradi

'O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi ogohlantiradi'ning rasmi

O`zbekistonning xorijda bo`lib turgan yoki chet el davlatlariga borishni rejalashtirayotgan fuqarolari diqqatiga!

O`zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan ma`lumotga ko`ra, so`nggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog`liq vaziyatning og`irlashgani kuzatilmoqda, deyiladi O`zbekiston tashqi ishlar vazirligining xabarida.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Eron, Italiya va ba`zi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz safardan oldin sog`liklari uchun tahdidlarni diqqat bilan o`ylab ko`rishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni o`rganishlari va safar chog`ida shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar to`planadigan joylarda barcha ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og`rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo`lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O`zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari (https://mfa.uz/uz/consular/consular/)ga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Boshqa yangiliklar