2020 yilning 20 fevral kuni 66 yoshli X.T. yuz va chap ko`z jarohatlari bilan Bulung`ur tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Bulung`ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilganida, X.T.ni fuqaro 32 yoshli D.X. urganligi aniqlangan.
2020 yil 23 fevral kuni X.T.,ga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Bulung`ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. D.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.






