Namangan shahrida yashovchi fuqaro 24 fevral kuni viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qildi. Unda keltirilishicha, fuqaroning Namangan shahar 1-kichik tumanda joylashgan korporativ xonadoniga egalik qilish orderi yo`qolib qolgan. Shu sababli u ushbu orderni tiklab, o`zining nomiga rasmiylashtirmoqchi bo`lib, hudud shirkat xo`jaligi rahbaridan hujjatlarni tayyorlashda yordam berishini so`ragan, shirkat xo`jaligi rahbari esa Namangan shahar xokimligiga qarashli uy-joylarni boshqarish korxonasida ishlovchi “A” ismli shaxs bilan orderni qayta yozib berishi to`g`risida gaplashgani va u buning uchun 1.000 AQSh dollari kerak bo`lishini aytgan. Hozirda esa shirkat xo`jaligi rahbari undan 1.000 AQSh dollari talab qilayotganligini ma`lum qilib, ushbu shaxslar harakatlarining qonuniyligini tekshirib berishni so`ragan.
Fuqaroning arizasiga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida shirkat raisi lavozimida ishlovchi shaxs va va uning sherigi arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 1.000 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtlarida xolislar ishtirokida ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlar qonuniy xal etish uchun Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov bo`limiga yuborildi, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.






