Rossiya Federasiyasining Krasnodar shahridagi qurilish ob`ektlaridan birida balandlikdan yiqilib tushish hamda Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir bo`lgan yong`in oqibatida halok bo`lgan yurtdoshlarimizning jasadlarini O`zbekistonga qaytarish bilan bog`liq huquqiy-tashkiliy masalalar olib borilayotgani ma`lum qilingan edi.
Vafot etganlarning jasadi Krasnodar – Tashkent reysi orqali O`zbekistonga olib kelindi.
Qayd etish lozimki, Krasnodar shahrida vafot etgan fuqaroning ixtiyoriy tibbiy sug`urtasi mavjud bo`lgan va mazkur sug`urta polisida jasadni vatanga qaytarish xatari ham sug`urtalangani sababli, marhumning jasadini O`zbekistonga jo`natish bilan bog`liq xarajatlar sug`urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilgan.






