AsosiyJamiyat

1 martdan Xalq bankining barcha kassalari "Humo" terminallari bilan ta`minlanadi

'1 martdan Xalq bankining barcha kassalari "Humo" terminallari bilan ta`minlanadi'ning rasmi

"Feysbuk" ijtimoiy tarmog`ida Samarqandda yashovchi fuqaro Shahnoza Xalikova "Humo" terminali yo`qligi bois "Humo" plastik kartasidan kontrakt uchun pul o`tkaza olmayotganidan shikoyat qilgan. 

Xalq banki mazkur holatni o`rganib chiqdi. Aniqlanishicha, haqiqatan ham bank kassalarida muammolar mavjud bo`lgan. 2020 yil 1 martidan Xalq bankining barcha kassalari "Humo" terminallari bilan ta`minlanadi, deya xabar beradi bank matbuot kotibi.

Yuqoridagi holat bo`yicha Xalq banki mijozlardan uzr so`radi va ushbu kamchiliklar tez orada bartaraf etilishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar