AsosiyJinoyat

“International Job Organization” agentligi Xorazm va Andijonda aholining 193,2 mln so`m pulini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlandi

'“International Job Organization” agentligi Xorazm va Andijonda aholining 193,2 mln so`m pulini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MChJning Xorazm viloyati filiali direktori G`.X. bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Germaniya va Polsha davlatlariga ishga yuborish vaji bilan jami 193,2 mln so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. fuqaro X.A.ni Polsha davlatiga ishga yuborish evaziga, 600 AQSh dollarini “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MChJning Andijon viloyati filiali binosida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

  Ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MChJning Andijon viloyati filiali menejeri E.T. va boshqalar, fuqarolarni 45 kun muddat ichida chet elga ishga jo`natishga ishontirib, 2019 yilda 5 nafar fuqaroning 33,1 mln so`m naqd pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar