AsosiyJamiyat

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori dunyodagi mashhur uchta xalqaro arbitraj markazlari arbitri ro`yxatiga kiritildi

'Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori dunyodagi mashhur uchta xalqaro arbitraj markazlari arbitri ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, yuridik fanlari dkotori, professor v.b., shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori lavozimida ishlab kelayotgan Islombek Rustambekov Rustambekovich dunyodagi mashhur uchta xalqaro arbitraj markazlari arbitri ro`yxatiga kiritildi.

Jumladan u Gonkong xalqaro arbitraj markazi (HKIAC), Kuala-Lumpurdagi Osiyo xalqaro arbitraj markazi (AIAC) (Malayziya) arbitri hamda Vena xalqaro arbitraj markazi (VIAC) (Avstriya) tomonidan tavsiya etiladigan mutaxassislar ro`yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O`rinboeva.

Shuningdek, u Xalqaro arbitrlar instituti (CIArb), Hamjamiyat huquqshunoslar assosiasiyasi (CLA) (Buyuk Britaniya) va Tijorat arbitraji xalqaro assosiasiyasi (ICCA) (Niderlandiya) a`zosi bo`ldi.

"Islombek Rustambekov “Xalqaro tijorat arbitraji” o`quv dasturi va ushbu fan bo`yicha birinchi darslik muallifidir. Uning muallifligi ostida xalqaro arbitraj va mediasiya masalalariga bag`ishlangan bir qator o`quv qo`llanmalar va ilmiy nashrlar e`lon qilingan",— deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar