AsosiyJinoyat

Ugrutlik kollej o`quvchisi o`g`irlik sodir etdi

'Ugrutlik kollej o`quvchisi o`g`irlik sodir etdi'ning rasmi

Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 3-son IIBga, Samarqand shahar Do`stlik ko`chasida yashovchi, 1981 y.t, fuqaro N.Sh. ariza bilan murojaat qildi.

Viloyat “Barkamol avlod” maktabi yonidagi maydonda, noma`lum fuqaro tomonidan o`g`li 2007 y.t. voyaga etmagan F.A.ga tegishli bo`lgan “iPhone-6” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o`g`irlab ketilganini ma`lum qilgan va noma`lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda, Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor supishtiruv ishlari natijasida, mazkur jinoyatni Urgut tumani Qumzor ko`chasida yashovchi, Urgut tumani Xunarmandchilik kasb-hunar kolleji 3-bosqich talabasi, 2001 y.t. S.Sh. sodir etganligi aniqlanib, undan “iPhone-6” rusumli telefon apparati holislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan S.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar