AsosiyJamiyat

Jizzaxda haydovchi xavfli burilish natijasida boshqaruvni yo`qotdi

'Jizzaxda haydovchi xavfli burilish natijasida boshqaruvni yo`qotdi'ning rasmi

Joriy yilning 26 fevral kuni soat 19:00 larda Jizzax viloyati, Forish tumani hududidan o`tgan “Jizzax-Qizilcha” 4R36 avtomobil yo`lining 25 kilometrida haydovchi F.Sh. “Neksiya-2” rusumli transport vositasida yo`lning havfli burilish qismida qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi R.Q. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli transport vositasi bilan to`qnashuv sodir etgan.  

Natijada, “Neksiya-2” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Barcha yo`l harakati ishtirokchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini so`rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar