AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va viloyatida juda ko`p miqdordagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holati aniqlandi

'Toshkent shahri va viloyatida juda ko`p miqdordagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.C.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadidagi jinoiy harakatlari fosh bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.  
Ular 2019 yilda 2,4 mlrd so`mlik turli xil xaridorgir tovarlarni naqd pulga sotib, faoliyati bo`yicha hisobot topshirmasdan, 471,7 mln so`m qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlariga qonuniy tus berish maqsadida boshqa yangi korxonalarni tashkil etishib, ularning nizom jamg`armalarini noqonuniy daromadlari hisobidan shakllantirganliklari aniqlangan. 

Xuddi shunday, Departamentning Chinoz tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.G.” MChJ rahbari A.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 2019 yilda bank muassasasidan ajratilgan 
1 mlrd 460 mln so`m kredit mablag`larini turli yo`llar bilan naqdlashtirishga erishib, kredit qarzdorligini to`lamasdan, talon-toroj qilganligi, shuningdek, ushbu mablag`lari hisobidan “Malibu” rusumli avtomashinasi hamda 92 mln so`mlik xo`jalik va maishiy texnika vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar