Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi va Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi rashk qurboni bo`ldi. Bu haqda manbalar asosida Aniq.uz xabar berdi.
25 fevral kuni Narpay tumanida yashovchi fuqaro Samarqand shahrida o`qiydigan talaba xotinini pichoqlab o`ldirgan. Bu qotillik rashk sababli ro`y bergan. Aniqlanishicha, "boshqa yigitni sevaman" degan so`zlaridan g`azablangan er xotinini pichoqlagan, oqibatda talaba ayol hodisa joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi ko`zg`atilgan, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi ushlanib, himoya huquqi bilan ta`minlangan holda yaqin qarindoshlariga xabar berilgan.






