AsosiyHi-Tech

TATU talabasi ingliz tilini o`rganishga yordam beradigan “O`zchat” mobil ilovacini yaratdi

“Learn words by heart” deb ataladigan ushbu mobil ilova dizayni milliy uslubda...

“Learn words by heart” deb ataladigan ushbu mobil ilova dizayni milliy uslubda yaratilgan.

“Mobil ilovaning xususiyati shundaki, ingliz tilida aks ettirilgan so`zlarni ekranda keyingi vazifa tasvirlanishi uchun to`g`ri talaffuz qilish kerak”, - deydi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi Shohruh Sharipov.

Mazkur ilova “GooglePlay” onlayn do`koniga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish kerak, mobil ilova poytaxtimizda bo`lib o`tgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, magistrantlari, professor va o`qituvchilarining dasturiy hamda texnik ishlanmalari ko`rgazmasida namoyish etildi. Ko`rgazma ekspozisiyasidan, shuningdek,  90 dan ziyod dasturiy va texnik ishlanma o`rin oldi. Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar, veb-sayt va ilovalar, kompyuter o`yinlari, elektrotexnik ishlanmalar shular jumlasidandir.

Ko`rgazma doirasida ishtirokchilar “Eng yaxshi mobil ilova”, “Eng yaxshi veb-ilova”, “Eng yaxshi Windows-ilova”, “Eng yaxshi texnik ishlanma” nominasiyalarida maxsus sertifikat hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi, deya xabar beradi uz24.uz nashri O`zA ma`lumotlari asosida.

    Boshqa yangiliklar