AsosiyJamiyat

Turkiyada "Yangi O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat" kitobi chop etildi

'Turkiyada "Yangi O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat" kitobi chop etildi'ning rasmi

Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi Matbuot maslahatchisining Darakchi.uzga xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoevning ba`zi tanlangan asarlari "Yangi O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat" nomi ostida turk tiliga o`girilib, kitob shaklida nashr qilingan.

“Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida O`zbekistonda uch yildan ko`prok vaqt mobaynida kuchli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayoning ijobiy ta`sirlari Turkiya va O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlarida ham ko`rinmoqda. Ikki mamlakat rahbarlarining yaqin do`stlik darajasidagi aloqalari savdo, madaniy va siyosiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratdi. 2019 yilning 15sentyabr kunida O`zbekistonning Turk Kengashiga a`zo bo`lishi ikki tomonlama hamkorlik bilan birga ko`p tomonlama hamkorlikka berilgan muhim e`tiborni  ham tasdiqlaydi, – deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoev, prezident sifatida olib borayotgan boshqaruvi va islohotlarini ifodalagan bir nechta muhim nutqlarni so`zlagan. Mirziyoevning muhim tarixiy voqelik sifatida baholanuvchi bu nutqlari avvalo o`zbek va rus tillarida, so`ngra ko`plab xorijiy tillarga tarjima qilinib kitob shaklida nashr etilgan. Shuni ta`kidlash joizki, “Yangi O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat” kitobi nashr etilgunga qadar Turkiyada O`zbekistondagi tez suratdagi  o`zgarish va rivojlanish haqida yozilgan hech qanday asar yo`q edi. 

Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlarning Bosh boshqarmasi va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining Madaniyat va Targ`ibot boshqarmasining samarali tashabbusi bilan, professor Dr. Firat Purtash boshchiligidagi guruh faoliyatini boshladi. Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri janob Mehmet Nuri Ersoy tarafidan muqaddimasi yozilgan  "Yangi O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat" nomli bu qadrli asar uchun Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog`an ham taqdimot yozuvini yozdi. Turkiya Respublikasi Prezidentining shaxsiy kotibi dots. Dr. Hasan Dog`anning rahbarligi ostida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining nashri sifatida 1000 adad chop etilgan birinchi nusxasi sovg`a sifatida berildi. Shavkat Mirziyoev 2020 yil 19 fevralda bo`lib o`tgan Prezident kutubxonasining ochilish marosimiga taklif etilgan yagona chet ellik muhtaram mehmon sifatida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoev ismi ostida turk tilida chop etilgan "Yangi O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat" nomli kitob janob Rajab Tayyip Erdog`an tomonidan hurmatli Shavkat Mirziyoevga taqdim etildi.

Xabarda ta`kidlanishicha, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri janob Mehmet Nuri Ersoy so`zboshida quyidagilarni qayd etgan: "O`zbekiston amalga oshirilayotgan yuksalish hamlasi va Turkiya bilan har qachongidan ko`ra kuchli shaklda rivojlanayotgan munosabatlar bu asar uchun ilhom manbai bo`ldi. Yangi O`zbekistonning va islohotlarning me`mori bo`lgan Prezident muhtaram Shavkat Mirziyoevning fikrlariga asoslangan bu asar O`zbekistonni Anado`lidagi turk kitobxonlariga yaqindan tanishtirishni maksad qilgan".

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog`an esa: "Ushbu kitob O`zbekiston Prezidenti qadrli birodarim Shavkat Mirziyoev nomidan o`zining millatiga bag`ishlagan O`zbekistonning butun qahramon farzandlariga bag`ishlangan", deya ta`kidlagan.Janob Erdog`an, 2018 yilda Oliy Majlis murojaatida ham aytganidek turk xalqi 100 yil oldin o`z hayotlari, mollari va ibodatlari bilan Anado`lidagi mustaqillik kurashini qo`llab-quvvatlagan, turk millatining dardi bilan yongan, xursand bo`lganida xursand bo`lgan o`zbek qardoshlariga o`z minnatdorligini bot-bot ta`kidlaydi.

Umuman olganda, ushbu kitobni o`qiganlar Shavkat Mirziyoevning o`zbek xalqining kelajagi va farovonligi, O`zbekiston davlatining mustaqilligi va suvereniteti uchun qanchalik samimiy, shijoatli rahbar ekanligini ko`rishlari mumkin.

Prezident Mirziyoev o`zining demokratik dunyoqarashini boshqaruv  munosabatini ham aks ettiruvchi etakchi, adolat va qonun ustuvorligiga ishongan davlat arbobi sifatida o`z fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini kengaytirish uchun kurashmoqda. Mirziyoev o`zbek xalqiga munosib bo`lgan rivojlanish va farovonlik darajasiga olib chiqish maqsadida  o`z xalqi bilan birga elkama-elka mehnat qilmoqda.

“Yangi O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat”kitobi turk-islom madaniyati va dunyo rivojiga beqiyos qadriyatlarini olib kirgan O`zbekistonning bugungi holati va rivojlanishi haqida fikr beradi. Yangi O`zbekiston butun dunyoga, shu o`rinda Turkiyaga ham o`z eshiklarini ochdi.Investorlarni, ishbilarmonlarni, o`qituvchilarni, turizm sohasidagi mutaxassislarni, yoshlarni va birgalikda foyda qozonishni istaganlarni taklif qilmoqda. 

O`zbekiston turkiyalik sarmoyadorlar va ishbilarmonlar uchun taqdim etayotgan imkoniyatlarni yaxshiroq tushunish uchun Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan yaratilgan yangi O`zbekistonni yaqindan tanish kerak. Ushbu kitob tufayli, ta`limdan sog`liqqacha, yoshlardan ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj aholigacha, transportdan uy-joy qurilishigacha, bank tizimidan tortib erkin savdo zonalarigacha bo`lgan ko`plab sohalarda O`zbekiston tomonidan kiritilgan yangi qoidalar haqida to`g`ridan-to`g`ri ma`lumot olishi mumkin. 

“Yangi O`zbekiston –kelajagi buyuk davlat” kitobi Turkiya-O`zbekiston munosabatlarida 5 milliard dollarga mo`ljallangan savdo hajmiga erishish yo`llari ko`rsatilgan, ta`lim, sog`liq, turizm, transport kabi ustuvor sohalarda sheriklik aloqalarini rivojlantirish uchun asosiy ma`lumot manbasidir”, – deya yakunlanadi elchixona Matbuot maslahatchisining xabari.

 

    Boshqa yangiliklar