Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni mamlakatdan kirib kelayotgan Qirg`iziston fuqarosi(1990 yilda tug`ilgan) I.B boshqaruvidagi “BMW528I” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xizmat iti yordamida ko`zdan kechirilganida, avtomashina salonidagi barga moxirlik bilan joylashtirilgan 1,19 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






