Departament va DXX G`ijduvon tuman bo`limi xodimlari tomonidan fuqaro A.R.ning arizasi yuzasidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, G`ijduvon tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan E.G` fuqaro A.R.ni aldab, unga o`zini transport departamenti xodimi sifatida tanishtirib, A.R.ning tanishi G`ijduvon tumanida yashovchi J.Sh.ni milliy gvardiyaga ishga kiritib qo`yish evaziga 2020 yil 20 fevral kuni 2000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan E.G`.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






