AsosiyJinoyat

Bojxonachilar “kumush” operasiyasiga chek qo`yishdi

'Bojxonachilar  “kumush” operasiyasiga chek qo`yishdi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda mamlakatimizga katta miqdordagi zargarlik buyumlari hamda tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishining oldini olish bo`yicha tezkor-qidiruv tadbiri o`tkazildi.

Tezkor tadbir davomida markaziy temir yo`l vokzaliga kelgan yo`lovchi poezd kuzatuvga olindi. Poezd vagonlaridan birining kuzatuvchisi qo`shni davlat fuqarosi J.A. temir yo`l bekatining chiqish yo`lagidan chiqib, vagondan o`zi bilan olib tushgan 2 dona xo`jalik sumkasini, avvaldan bo`lgan kelishuvga ko`ra fuqaro M.A.ga berayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga qolindi. 

Ushbu xo`jalik sumkalari ko`zdan kechirilganida, respublikamizga noqonuniy olib kirishga urinilgan umumiy qiymati 201 million so`mlik  
9816 gramm og`irlikdagi  1034 dona turli xil kumush taqinchoqlar hamda 590 dona ayollar sun`iy kipriklari borligi aniqlandi. 

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar