1

Britaniyalik dizayner “JIVR” deb nomlanuvchi smartfonga ulanadigan elektrovelosipedni yaratdi (video)

Hi-tech 20.03.2015, 11:44
Britaniyalik dizayner “JIVR” deb nomlanuvchi smartfonga ulanadigan elektrovelosipedni yaratdi (video)

Britaniyalik dizayner Marsin Pyatkovski velosiped ham o`ziga xos gadjet vazifasini bajarishini isbotlamoqchi. Shuning uchun “Kickstarter” kraudfanding maydonchasida o`zi ishlab chiqarmoqchi bo`lgan velosiped uchun pul yig`ishni boshlab yubordi. Orzusini amalga oshirish uchun dizayner 70 000 funt sterling yig`ishi lozim bo`ladi.

“JIVR” deb nomlanuvchi bu velosiped o`zida eng so`nggi texnologiyani mujassam etadi. Unga mexanik transmissiya o`rnatiladi. 350 Vt quvvatga ega elektrodvigatel bir marta quvvatlangan akkumulyator yordamida 32 kilometr yo`l bosish imkoniyatini taqdim etadi. Velosipedga o`rnatilgan litiy-ionli batareyalar bir yarim soatda to`liq zaryad oladi. Unga elektron nazoratchi ham o`rnatiladi va u quvvat sarflanishini hamda tezlikni nazorat qilib turadi.

“JIVR” tashqi antenna va “Bluetooth 4.0” texnologiyasi bilan jihozlangan bo`lib, u har qanday qurilma bilan axborot almashish imkonini beradi. Velosipedni smartfon, planshet yoki aqlli soatga ulash mumkin. Shundan so`ng tezlik, harakatlanish vaqti va bosib o`tilgan masofa haqidagi barcha ma`lumotlar smartfon yoki planshetga uzatiladi.

Yana bir qulay tomoni, velosipedni bir necha marta buklash va kichkina javonga ham solib qo`yish mumkin. Uning og`irligi 15 kilogrammni tashkil etadi. Endi esa elektrovelosipedning narxi haqida. Loyihani “Kickstarter”da qo`llab-quvvatlagan ilk ishtirokchilar uni 1199 funt sterlingga sotib olishlari mumkin bo`ladi. Dastlabki 500 dona velosiped o`z egalariga shu yilning sentyabrida jo`natiladi.

Manba: Xabardor.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1