Shu yil 28-fevral kuni "facebook" ijtimoiy tarmog`ida "Endi Pop tuman IIBda Advokat huquqlariga daxl qilindi" sarlavhasi bilan axborot tarqatildi.
Ayni paytda Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu xabar yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida quyidagilar ma`lum bo`ldi.
Shu yil 18 fevral kuni tungi soat 02.50larda Namangan shahrida yashovchi fuqaro Pop tumani IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda o`zining boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini Namangan viloyati, Pop tumani, “Vodiy” mahallasi hududida joylashgan “Pungon-Namangan” avtomobil yo`lining 10 km.da “Namangan” yo`nalishi bo`ylab boshqarib ketayotganida orqa tomonidan harakatlanib kelgan davlat raqam belgisi bo`lmagan oq rangli “Kobalt” rusumli avtomashina yo`l chetiga qisib to`xtatib, avtomashina ichidan 3 nafar no`malum shaxslar tushib haydovchi o`rinidig`i ostida bo`lgan, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli polietilen paketdagi pullarni ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, voqea joyidan no`malum tomonga yashiringanligini bayon qilgan. Mazkur holat yuzasidan 18 fevral kuni Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida jinoyatni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi to`rt nafar fuqaro sodir etgani aniqlanib, o`g`irlangan pullar bayonnoma orqali tekshirib ko`rish uchun ulardan holislar ishtirokida olingan.
2020 yil 27 fevral kuni jinoyatni sodir etganlarning biri o`z aybiga iqrorlik arizasini yozib, bosqinchilik yo`li bilan ko`lga kiritgan pullarini yashash uyidan olib taqdim qilish uchun Chust tumanidagi yashash xonadoniga IIB xodimlari bilan birgalikda ketgan.
Ushbu shaxsga nisbatan shu kuni MJtKning 183-moddasi tartibida Ma`muriy ishlar bo`yicha Chust tuman sudi tomonidan 15 kun qamoq jazosi tayinlanib, jazoni o`tash uchun Chust tumani IIB VSXga joylashtirilgan.
Mazkur holatlar bo`yicha 27 fevral kuni Pop tuman IIB binosiga kelgan himoyachi L.To`xtamurodovaga IIB boshlig`ining o`rinbosari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.
28 fevral kuni fuqaroning himoya huquqlari ta`minlanib, O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, so`roq qilingan.
Gumon qilinuvchi fuqaro 28 fevral kuni soat 21:00 JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, Pop tumani IIB VSXga joylashtirilgan.
Xozirgi kunga qadar mazkur jinoyat ishi bo`yicha himoyachi L.To`htamurodova tomonidan biron bir fuqaroni himoya qilayotganligi to`g`risida jinoyat ishi yurituviga biriktirilgan tergovchiga order taqdim qilinmagan, IIB binosiga o`rnatilgan barcha kuzatuv kameralaridagi videyozuvlar esa saqlanib kelinmoqda. Shunigdek, gumonlanuvchining onasi tomonidan o`g`lining kaltaklanganlik ehtimoli yuqori degan ma`lumoti yuzasidan shuni ma`lum qilmoqchimizki, ushbu shaxsga nisbatan xech qanday ruhiy yoki jismoniy tazyiq ishlatilmagan.