Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchilarining sochini chizg`ichda o`lchanayotgani tasvirlangan suratlar tarqatilgan edi.
Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu holatni «Qosh qo`yaman deb ko`z chiqarish" deya baholadi.
Vazir o`zining telegram sahifasida hech qaysi topshiriqda bolalarni sochini chizg`ichda o`lchab, rasmga olib, telegramda tarqatish kerak deb yozilmaganligini aytadi.
- Kimdir qaerdadir juda qattiq ishlayotganini ko`rsatish uchun shunday qilgandir shekilli… Qani endi, ta`lim sifatini yaxshilash va o`z malakasini oshirish bo`yicha Qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…— deya holatga munosabat bildiradi Sherzod Shermatov.






