AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi xodimi navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

'Ichki ishlar vazirligi xodimi navbatdagi raqibini nokautga uchratdi'ning rasmi

Professional boksning super yarim o`rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) beshinchi jangida ham g`alaba qozondi.

Texas shtatining Frisko shahrida bo`lib o`tgan boks kechasida Isroil Madrimov venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo`ljallangan jang 6-raundda yakunlandi. O`zbekistonlik bokschi tajribali raqibini avvaliga nokdaun holatiga tushirdi, keyin esa zarbalar seriyasi orqali uni yana bir marta qulatgach, hakam jangni to`xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Bellashuvda g`olib bo`lgan xorazmlik Isroil WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da`vogarga aylandi.

Yurtdoshimiz hamda hamkasbimiz Isroil Madrimovga bundan keyingi chiqishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

IIV Axborot xizmati

 

    Boshqa yangiliklar