AsosiyJamiyat

Samarqandda haydovchilar janjali jinoyat bilan yakunlandi

'Samarqandda haydovchilar janjali jinoyat bilan yakunlandi'ning rasmi

Samarqandi viloyatida haydovchilar o`rtasidagi janjal jinoiy tus oldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, "Oytamg`ali" MFYda yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan O`.S. o`ziga tegishli bo`lgan "Damas" rusumli avtomashinasida Loyish shaharchasi yo`nalishida harakatlanib borayotgan vaqtida u bilan bir yo`nalishda orqadan kelayotgan "Kobalt" rusumli avtomashina haydovchisi unga qo`li bilan to`xtash ishorasini qiladi. O`.S. avtomashinasini to`xtatganda, "Kobalt" rusumli avtomashina haydovchisi Oqdaryo tumani "Yangiobod" MFYda yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan N.J. unga "yo`lga qarab haydasang bo`lmaydimi, yo`l belgisini bilmaysanmi" deb baqirib nojo`ya so`zlar bilan haqorat qilib yuz qismiga qo`li bilan mushtlab, yuz sohasiga boshi bilan urib tan jarohati etkazgan.

Tibbiy xulosaga ko`ra, fuqaro O`.S.ning tanasida, ya`ni burun sohasida qontalash, burun suyagining sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar