AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 3 ta shahrida “Narxoz”ning filiali ochiladi

'O`zbekistonning 3 ta shahrida “Narxoz”ning filiali ochiladi'ning rasmi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo`l xaritasi” loyihasida uch shaharda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochilishi aytilgan.

Ular:

2022 yil Qarshi shahrida;

2023 yil Nukus shahrida;

2024 yil Urganch shahrida

Bu borada hududlarda kadrlarga bo`lgan talabni o`rganish, kadrlarga talab mavjud bo`lgan hududlarda hokimliklar bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali tashkil etish uchun moddiy texnika bazasini yaratish, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida o`quv jarayonini tashkil etish, davlat ta`lim standartlari, malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga kiritish rejalashtirilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar