AsosiyJamiyat

Banklar 20 yilgi dasturlardan foydalanayotgani sabab axborot almashish serverlarida kamchiliklar kuzatilayotganini ma`lum qilindi

'Banklar 20 yilgi dasturlardan foydalanayotgani sabab axborot almashish serverlarida kamchiliklar kuzatilayotganini ma`lum qilindi'ning rasmi

Xalq banki ijtimoiy tarmoqlarda bank tizimidagi axborot almashish serverlarida bir qator kamchiliklar kuzatilayotgani haqida postlar yozilmoqda. Xalq banki bu bo`yicha quyidagicha bayonot beradi:

Ayni paytda serverdagi uzilishlar, nosozliklar barcha banklarda vaqti-vaqti bilan kuzatilyapti. Bu faqat Xalq bankining muammosi emas. Shu bilan birga, nafaqat Xalq bankida, balki barcha banklarda bundan 20 yillar chamasi avval ishga tushirilgan dasturlardan hali ham foydalanilmoqda. Ushbu axborot almashish tizimlari bugungi kun talablariga javob bermay qolgan.

Shu bois ayni paytda Xalq bankida transformasiya jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ya`ni raqamli bank tizimiga o`tilyapti. Bu orqali aholiga xizmat ko`rsatishda inson omili kamaytiriladi. Ushbu yangilanishlarni ro`yobga chiqarish uchun IT sohasidagi nufuzli xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik olib borilmoqda. Bu jarayonda tabiiyki,  server qurilmalari ham zamonaviysiga bosqichma-bosqich almashtirilmoqda. Raqamli bank tizimi Xalq bankida shu yilning to`rtinchi choragida yakunlanadi. Bu bo`yicha maxsus yo`l xaritasi ishlab chiqilgan.

Vaqti-vaqti bilan kuzatilayotgan nosozliklar tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun bank rahbariyati mijozlardan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar