AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan buxorolik ayolga 8 sotix er berildi

'Ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan buxorolik ayolga 8 sotix er berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar “Moxi-xossa” mahalla fuqarolar yig`inidagi Ko`lba aholi punkti, 19-uyda yashovchi fuqaro M.Nasullaevaning videomurojaati tarqaldi. 

Unda bildirilgan murojaat Buxoro shahar hokimligi mutasaddilari, Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat xizmati Buxoro shahar filiali, “Moxi-xossa” MFY raisi hamda tomorqa er egalari ishtirokida o`rganildi.

Ma`lum bo`lishicha, fuqaro 8 sotix tomorqa ajratib berishni so`rab, bir necha marotaba shahar hokimligiga murojaat qilgan. “Moxi-xossa” MFY Ko`lba aholi punktida yashovchi fuqarolar qatorida M.Nasullaeva ham 1999-2000 yillarda 8 sotixdan dala tomorqasiga ega bo`lgani aniqlandi. Ammo bu xonadon egasi oilaviy kelishmovchilik sababli 2001 yilda egaligidagi 8 sotixli dala tomorqasini uy-joy qurish uchun boshqa kishiga sotib yuborgan.

2019 yilda fuqaro M.Nasullaeva yangidan tomorqa olish maqsadida shahar hokimligiga murojaat qilgan. Shundan so`ng ishchi guruhi tomonidan “Moxi-xossa” MFY Ko`lba aholi punktida joylashgan fuqarolar tomonidan foydalanib kelinayotgan tomorqa erlari o`rganildi. Shu joyning o`zida aholiga tomorqadan samarali foydalanish kerakligi to`g`risida tushuntirish berildi.

Fuqaro M.Nasullaevaning oilaviy sharoitini inobatga olib, mavjud aholi xonadonlarining tomorqa eridan 2 sotixdan, jami 8 sotix tomorqa eri ajratish bo`yicha tegishli fuqarolar bilan kelishuvga erishildi. Shu yil 1 mart kuni “Moxi-xossa” MFY raisi hamrohligida fuqaro M.Nasullaeva xonadonida bo`lib, unga videomurojaati yuzasidan tegishli tartibda tushuntirish berildi.

    Boshqa yangiliklar