AsosiyJamiyat

1 martdan elektr hisoblagichlarni qiyoslash xarajatlari qiyoslashdan o`tkazgan tashkilotlar hisobidan qoplanadi

'1 martdan elektr hisoblagichlarni qiyoslash xarajatlari qiyoslashdan o`tkazgan tashkilotlar hisobidan qoplanadi'ning rasmi

“Tadbirkorlik sub`ektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab:

  • elektr energiyasining barcha iste`molchilariga elektr hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o`tkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarga murojaat qilish huquqi berildi;

 

  • ushbu tashkilotlarga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o`tkazish xarajatlari mazkur tashkilotlarning hisobidan qoplanadi.

Qarorga ko`ra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qo`llashga yaroqliligi, metrologik tasniflari bo`yicha munozarali savollar tug`ilganda qiyoslashdan o`tkaziladi.

Shuningdek, 2020 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari tarkibida  temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari va qurilish bo`linmalari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar