AsosiyJamiyat

Endi O`zbekistonda ham “aqlli uy”lar quriladi

'Endi O`zbekistonda ham “aqlli uy”lar quriladi'ning rasmi

Kuni kecha yurtimizda yana bir qurilish kompaniyasiga asos solindi. Qo`shni Qozog`iston Respublikasining qurilish sohasi etakchisi BI Group hamda Murad Buildings yangi NRG qurilish kompaniyasini tashkil etilganini e`lon qilishdi. Yangi tashkil etilgan korxonaning ilk sarmoyaviy loyihasi Toshkentning Mirobod tumanida NRG Oybek turar-joy kompleksini qurish bo`ladi: hamkorlar loyihaga 33 mln. dollar investisiya kiritmoqda va deyarli 60 ming kv. metr turar-joyni 2021 yil avgustda topshirish rejalashtirilgan.

Hamkorlar O`zbekistonda qurilish va menedjmentning ilg`or usullari, qurilishi materiallari va ularni qo`llash amaliyotlari, shuningdek loyihalarni rejalashtirish uchun raqamli echimlarga katta urg`u berishni rejalashtirmoqdalar. Jahonning eng so`nggi texnologik echimlarini o`zida aks ettirgan «aqlli uy» va «aqlli ta`mirlash» kabi texnologiyalar asosida uyni, aqlli boshqarishga katta e`tibor qaratishlarini bildirdilar. Masalan, shlagbaumlar va pod`ezd eshiklarining ochilishi, xavfsizlik tizimi, kommunal sarf-xarajatlarni optimallashtirish — bularning barchasi mazkur uylarda istiqomat qiluvchilar tomonidan mobil ilovalar yordamida uzoqdan turib nazorat qilinadi va boshqariladi.

–NRG — bu maslakdoshlar ittifoqi. Biz o`zimizning eng muhim vazifamizni birdek ko`ramiz, har tomonlama qulay inshootlar qurish hamda servis taqdim etish istagidamiz. Qozog`istonlik hamkorimiz O`zbekiston bozoriga developmentda innovasion yondashuv, jarayonlarni raqamlashtirishda katta tajriba va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bu yil Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida muhimligini ta`kidlagan investisiyalar bilan kirib kelmoqda. Kompaniyalarimizning hamkorlikdagi ishi qurib bitkazilgan turar-joylar hajmini kengayishi, ularning sifatini oshishi va iste`molchi uchun narxlarni pasayishiga olib kelishini kutmoqdamiz, — deydi Murad Buildings kompaniyasi asoschisi va rahbari Murad Nazarov.

«Ishonchim komilki, BI Group va Murad Buildings hamkorlik doirasida haqiqatan ham noyob, o`ta ilg`or loyihalarni amalga oshiradi. Bizning o`z sohamizdagi bilimlarimiz, ekspertiza va orttirgan tajribamiz qo`shma kompaniyaning muvaffaqiyati uchun juda yaxshi asos yaratadi. BI Group yuqori korporativ standartlarni va ilg`or texnologik echimlarni, Murad Buildings esa — O`zbekiston bozorini tushunishni, yo`lga qo`yilgan amaliy aloqalarni, ishonchli etkazib beruvchilarning keng doirasini va yaxshi yo`lga qo`yilgan biznes-jarayonlarni kiritadi. Biz shunchaki uylar qurmaymiz — bizning yondashuvimiz shu uylarda istiqomat qiluvchilar uchun ularning hayot sifatini yangi darajaga ko`taradigan puxta o`ylangan ekotizim yaratishni ko`zda tutadi», — ta`kidlaydi BI Group direktorlar kengashi raisi Aydin Rahimbaev.

Toshkent loyihasini amalga oshirishdan tashqari NRG kompaniyasi O`zbekistonning boshqa hududlarida ham yangi investisiya loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar