AsosiyJamiyat

Kadastr qo`mitasi allaqachon yangicha ishlashga kirishgan

'Kadastr qo`mitasi allaqachon yangicha ishlashga kirishgan'ning rasmi

Qishning so`nggi kunlarida Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi PR-xizmatlari uchun “Samarali PR-xizmat: zamonaviy tendesiyalar va zaruriy ko`nikmalar” mavzusida uch kunlik seminar-trening tashkil qilindi. Bundan ko`zlangan maqsad — endi o`z faoliyatini boshlagan PR-xizmatlari xodimlari malakasini oshirish, ularning professional bilim va ko`nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Treningda respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 25 nafar hududiy matbuot xizmatlari hodimlari ishtirok etdi.

Loyihaning jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasi doirasidagi barcha tadbirlar «Mening uyim» nomi bilan amalga oshirilmoqda. Aholining ko`chmas mulkni onlayn ro`yxatga olish masalasida bilimlarini oshirish bo`yicha onlayn platforma hamda barcha qiziqtiruvchi savollarga tezkor ravishda javob topish uchun telegram-bot yaratilmoqda. 

Unda ishtirokchilar tashkilot tizimida PR faoliyatni tashkil etish va boshlash, PR matnlar yozish va ularni rejalashtirish, PR strategiyalarni tuzish va ularning samarasini monitoring qilish, OAVlari bilan hamkorlik qilish, ijtimoiy tarmoqlarda PRni qo`llashda zamonaviy trendlardan foydalanish, korportiv brend va imidj mavqeini shakllantirish kabi yo`nalishlarda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda interfaol mashg`ulotlar orqali mustahkamlab oldilar. 

Ishtirokchilar ya`ni hududiy matbuot xizmatlari vakillari treningda olgan bilim va ko`nikmalarini joylarda o`z faoliyatlari davomida samarali qo`llashlari va o`z navbatida, aholi o`rtasida ko`chmas mulkni ro`yxatdan o`tkazish onlayn xizmatlarini targ`ibot qilishga yo`naltiradilar.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar