AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi 8-mart bayramini nishonlash bo`yicha ogohlantirish bilan chiqdi

'Xalq ta`limi vazirligi 8-mart bayramini nishonlash bo`yicha ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Yana bir necha kunlardan so`ng mamlakatimizda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi maktablarda ushbu bayramni o`tkazish borasida yo`l qo`yilayotgan ayrim holatlar yuzasidan ogohlantirish berdi:

“Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur bayramga tayyorgarlik jarayonida o`qituvchilar, maktab ma`muriyati va o`quvchi qizlarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yig`imlarini tashkil qilinayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Bu holat ayrim ota-onalarning noroziligini keltirib chiqarmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o`qituvchilar, maktab ma`muriyati va o`quvchi qizlarni tabriklashni pul yig`imlarisiz ham tashkil etish mumkinligini eslatadi. Jumladan, o`quvchining o`zi yozgan tabrik so`zi yoki o`z qo`li bilan yasagan biror kichik buyum ham eng yaxshi sovg`a bo`lishi mumkin.

Xotin-qizlarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo`lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg`a qilish bahonasida majburiy pul yig`ish noto`g`ri. 

Xalq ta`limi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig`im turlariga chek qo`yish kerakligini eslatib o`tadi.

Xotin-qizlarni xursand qilmoqchi bo`lsak, bayramni haqiqiy ko`tarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi bo`lishiga yo`l qo`ymaylik”,deyiladi Vazirlik Axborot xizmati xabarida

 

 

    Boshqa yangiliklar