AsosiyJamiyat

Yakkabog`da fermer ishichisi ayollarni yoqib yubormoqchi bo`lganmi? Tafsilotlar ma`lum qilindi

'Yakkabog`da fermer ishichisi ayollarni yoqib yubormoqchi bo`lganmi? Tafsilotlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Xabaringiz bor, avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida fermer ishchisi ayollarning ustiga yonilg`i sepib yoqib yuborishga uringani tasvirlangan video e`lon qilingan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo`lgan mazkur videolavha o`rganildi va ma`lumotlar Bosh prokuratura Matbuot xizmati tomonidan “darakchi.uz”ga ma`lum qilindi.  

Keltirilishicha, holat tuman IIBdagi jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ruyxatga olish kitobida kirimga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 14.01.2019 yildagi 14-sonli Qaroriga asosan er maydonlarini maqbullashtirish jarayonida “O`rta” MFY “Xusn” qishlog`i hududidagi 499, 470, 487q, 743q konturlaridagi 8 ta fermer xo`jaligiga tegishli 11,5 gektar er maydoni tuman hokimining 2019 yil 24 yanvardagi qarorlariga asosan zahira er fondiga qaytarilgan. 

Tuman hokimining 2019 yil 27 iyuldagi H-4696/07-sonli qarori bilan “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo`jaligiga mazkur 11,5 gektar er maydoni qo`shimcha ajratib berilgan.

Tuman qishloq xo`jaligi bo`limi tomonidan 2020 yil 27 yanvar kuni “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo`jaligiga er maydonidagi olma va boshqa daraxtlar zamburug` va boshqa kasalliklarga chalinib, yaroqsiz holga kelganligi sababli daraxtlarni buzib, o`rniga intensiv bog` barpo etish bo`yicha yozma tavsiya berilgan. 

Shunga ko`ra, “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo`jaligi tomonidan 14.02.2020 yil 14 fevral kuni samarasiz bog`ni buzishni boshlagan. 2020 yil 29 fevral kuni soat 13:00 larda bog`ni buzish davom ettirilayotgan vaqtda, “Xusn” qishlog`ida yashovchi bog`ning sobiq egalari T.Omonov, M.Mansurov va boshqalar tayoq va tosh bilan bog`ni buzishga qarshilik ko`rsatib, janjalda ishtirok etayotgan ayollar 20 litrlik elim idishdagi 5 litrlar chamasidagi dizel yoqilg`isi qoldig`ini haydov traktori ustiga sepmoqchi bo`lgan. Haydovchi B.Normo`minov elim idishni ayollardan tortib olib, yoqilg`i qoldig`ini to`kayotganida qarshilik ko`rsatayotgan O`.Burxonovaning ham ustiga to`kilgan.

Haydovchi voqea joyidan ketganidan keyin T.Omonov va boshqalar ham tarqalishgan. 

Hodisa yuzasidan tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig`i er nizosi ishtirokchilari bilan uchrashib, “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo`jaligi rahbariga bog`ni buzishni vaqtinchalik to`xtatib turish va erga egalik huquqi masalasi qayta ko`rib chiqilishi tushuntirilgan, taraflar tushuntirishdan qanoatlanganlar.

Hozirda, Viloyat prokuraturasi va hokimligi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Yakkabog` tumanidagi 29.02.2020 yil 29 fevraldagi mazkur voqea holatlari hamda erga oid qonunchilik ijrosi ahvoli joyida o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar