AsosiyJinoyat

Urgutda giyohvandlik savdosiga chek qo`yildi

'Urgutda giyohvandlik savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Samarqand viloyati, Urgut tumanida o`tkazilgan nazorat xarid tadbiri davomida 25 fevral kuni taxminan soat 17:00 larda “Beshkapa-1” mahallasida yashovchi 42 yoshli O.P. 0,94 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 750.000 so`m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar