AsosiyJamiyat

“Vobkenttumangaz” filiali mansabdorlari vafot etganlar nomiga gaz rasmiylashtirib, millionlarni ishladi

'“Vobkenttumangaz” filiali mansabdorlari vafot etganlar nomiga gaz rasmiylashtirib, millionlarni ishladi'ning rasmi

Vobkentda vafot etgan fuqarolarning nomiga suyultirilgan gazni rasmiylashtirish holati aniqlandi, deya xabar qildi "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Vobkenttumangaz” filiali mansabdor shaxslari 2019 yil davomida shartnomaga asosan, fuqarolar tomonidan foydalanilgan suyultirilgan gaz ballonlari uchun to`langan 153,9 mln so`m ijara to`lovlarini bank muassasasiga topshirmasdan talon-toroj qilinganliklari aniqlangan.

Shuningdek, bir necha fuqarolar hamda 16 ta holatda vafot etgan fuqarolar nomiga soxta shartnomalar rasmiylashtirishib, 33,8 mln so`mlik suyultirilgan gazni o`zlashtirganliklari ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan “Vobkenttumangaz” filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Piskent tumanida Pensiya jamg`armasi xodimi va Xalq banki kassiri vafot etganlar nomidan pensiya pullarini olib yurgani fosh bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar