Farmonga ko`ra, Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida 2020 yil 1 maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari tomonlarning murojaati mavjud bo`lgandagina prokuror tomonidan suddan talab qilib olinadi, deb yozadi "Huquqiy targ`ibot" kanali.
2020 yil 1 apreldan boshlab 1995 yilgacha O`zbekistonga kelgan va fuqaroligi bo`lmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan shaxslarni O`zbekiston fuqarosi deb tan olish tartibi joriy etiladi;
2020 yil 1 noyabrga qadar apellyasiya va kassasiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi;
2020 yil 1 iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat turlari dekriminalizasiya qilinadi;
2020 yil 1 dekabrdan ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo`yicha sudlar vakolatiga o`tkaziladi;
2020 yil 1 dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan ma`muriy jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko`rilgunga qadar ixtiyoriy to`lash rag`batlantiriladi.






