AsosiyJamiyat

Andijonda ham ayol kishi hokim etib tayinlandi

'Andijonda ham ayol kishi hokim etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari Qahramon Quronboev hamda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida 2020 yil 4 mart kuni Bo`ston tumanida faollar yig`ilish bo`lib o`tdi, deya xabar qildi viloyat hokimligi Matbuot xizmati.  

Yig`ilishda Bo`ston tuman hokimi Mamadaliev Inomjon Solijonovich o`z hoxishiga ko`ra boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan «Yuksalish» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo`limi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Mamitova Sadbarxon Ne`matjonovna tumanning yangi rahbari etib tayinlandi. 

Ma`lumot uchun: Sadbarxon Mamitova 1966 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug`ilgan, 1982-1986 yillarda Namangan qishloq xo`jaligi texnikumida o`qigan, 1993 yil Toshkent davlat agrar universitetini (sirtqi) tamomlagan.

 Mamitova Sadbarxon Ne`matjonovna Mehnat faoliyatini 1986-1996 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tuman bosh pillaxonasi agronomi lavozimidan boshlagan. 1996-1997 yillarda - Jalaquduq tumani hokimligi xotin-qizlar bo`limi etakchi mutaxassisi, 1997-2001 yillarda Jalaquduq tumani jamoa xo`jaligi boshqaruvi raisi, 2001-2005 yilldarda Jalaquduq tumani Jalaquduq qishloq fuqarolar yig`ini raisi, 2005-2006 yillarda Jalaquduq tumani shirkat xo`jaligi raisi, 2006-2007 yillarda Jalaquduq tumani hokimligi xuzuridagi ro`yhatga olish inspeksiyasi rahbari, 2007-2008 yillarda Jalaquduq tumani hokimining o`rinbosari, tuman xotin-qizlar qo`mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2009-2011 yillarda “Mahalla” jamg`armasi Jalaquduq tumani bo`limi raisi, 2011-2012 yillarda O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi devonxona rahbari, 2012-2017 yillarda Jalaquduq tumani Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazi direktori, 2017-2019 yillarda Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Jalaquduq tuman kengashi raisining birinchi o`rinbosari, 2019 yildan hozirgi vaqtgacha «Yuksalish» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo`limi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

    Boshqa yangiliklar