2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Adliya vazirligi ushbu Davlat dasturida Harakatlar strategiyasining ustuvor yo`nalishlari bo`yicha belgilangan qator vazifalar keltirmoqda.
Jumladan, Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga har yili davlat grantlari bo`yicha umumiy qabul kvotalarining kamida 30 foizi ayollar uchun ajratiladi.
Shuningdek, xalq bilan muloqot qilishning "qayta aloqa" vositalari joriy qilinadi, Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etishda keng jamoatchilik fikri o`rganiladi.
Davlat va jamiyat o`rtasida o`zaro yaqin hamkorlikni o`rnatish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar hamda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo`lganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Ma`muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar to`g`risida yagona va ochiq statistik ma`lumotlar bazasi yaratiladi.
Gastrol-konsert faoliyatida elektron bilet tizimi joriy etiladi.
Tadbirkorlar uchun er uchastkalariga oid ma`lumotlarni haqqoniy etkazish maqsadida Axborot dasturi va maxsus portal yaratiladi.
Tadbirkorlik faoliyati va raqobat muhitiga ta`sir ko`rsatuvchi qonun hujjatlari va texnik hujjatlar soni 25 foizgacha qisqartiriladi.
OTMlarda xotin-qizlar uchun alohida grantlar ajratiladi.
Arzon uy-joylar qurish dasturi izchil davom ettirilgan holda, jami 12 256 ta qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar quriladi.
“Xalqlar do`stligi va umumxalq birdamlik kuni” joriy etiladi.
“Xalqlar do`stligi” ko`krak nishoni ta`sis etiladi.






