Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to`lash, shuningdek aliment to`lash majburiyatini ta`minlash bo`yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to`g`risida” gi nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to`lash bola voyaga etgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo`lmagan muddatga amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan.
Byuroning To`raqo`rg`on tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan, fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudining qaroriga asosan D.Nizomovdan undiruvchi N.Nizomova foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment to`lash belgilangan.
Fuqaro D.Nizomov muntazam ravishda aliment mablag`ini to`lab kelmoqda. Faqat, cheklov qo`yilgani sababli xorijga chiqolmay yurgan edi. Fuqaroning bo`limga qilgan murojaati va davlat ijrochisining olib borgan tushuntirishlari bois 2025 yilgacha bo`lgan davr uchun salkam 62 mln so`m qarzdorlikni bartaraf etdi. Shu bilan fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudining ajrimiga asosan unga nisbatan ijro etish usuli va tartibi o`zgartirildi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.






