AsosiyJamiyat

DTM qo`shni davlatlardan o`qishni ko`chirish bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar e`lon qilindi

'DTM qo`shni davlatlardan o`qishni ko`chirish bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar e`lon qilindi'ning rasmi

Davlat qabul komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:

1. Qo`shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o`qishi ko`chirilishi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;

2.Qo`shni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida o`qishini davom ettirmasdan, boshqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federasiyasi va boshqa davlatlar) OTMlaridan o`qishini o`quv yilining yarmida ko`chirib o`tgan talabalarning o`qishi ko`chirilmaydi;

Bu nima degani?

Qo`shni davlatlardan o`qishni imtihonsiz ko`chirish mumkinligi haqida xabar chiqqach, Rossiya yoki Ukrainada o`qiyotgan talabalar uddaburonlik bilan o`z o`qishini qo`shni davlatga (asosan Qozog`iston) ko`chirib o`tishgan edi. Ammo ular Qozog`istonda hatto 1 semestr ham o`qishgani yo`q. Ana shunday talabalar o`qishini O`zbekistonga ko`chira olishmaydi.

3.Qo`shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta`lim shakli bo`yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o`qishini ko`chirishga ruxsat berilmaydi;

4. Qo`shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o`qishini ko`chirish faqatgina joriy yilda Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi qat`iyan belgilab qo`yildi.

Bu nima degani?

Ko`pchilik joriy yildagi kabi o`ziga xos “amnistiya” har yili bo`ladi, deb o`ylashmoqda va shu sababli yozda qo`shni davlatlarga oldingidan 10 barobar ko`p yoshlar o`qishga ketishni reja qilib turishibdi. Uyoqqa imtihtonsiz o`qishga kiramiz, keyin qishda o`qishini imtihonsiz ko`chiramiz, deb o`ylashayotgandi. O`shanchun ham qarorda aniq belgilandiki, bunday aksiya faqat joriy yilda bo`ladi, keyingi yillarda umumiy tartibda imtihon asosida o`qishni ko`chirish mumkin bo`ladi.

5.Qo`shni davlatlardagi OTMlardan o`qishni ko`chirish natijalari uch kun muddatda tegishli OTMlarga etkaziladi. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, jami 36 ming 400 nafardan ko`proq talabalarga o`qishini 80 ta OTMga ko`chirishga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar