AsosiyJamiyat

Jahongir Artikxodjaev Gollandiyaning “Ballast Nedam” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

'Jahongir Artikxodjaev Gollandiyaning “Ballast Nedam” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi'ning rasmi

Uchrashuvda “Ballast Nedam” kompaniyasi bilan ijtimoiy va infratuzilmaga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Ma`lumot o`rnida qayd etish joiz, “Ballast Nedam” kompaniyasi 1877 yilda tashkil etilgan bo`lib, qurilish sohasida 140 yillik tajribaga ega. Kompaniya aeroportlar, shifoxonalar, suv ta`minoti, energetika va issiqlik tizimi, og`ir va engil sanoat, shuningdek, yo`llar, yo`l o`tkazgich va ko`priklar qurish bo`yicha loyihalarni amalga oshiradi.

Ayni payda “Ballast Nedam” kompaniyasi Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan yo`llar, estakadalar va er osti yo`llariga oid loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. 
O`zaro muloqot davomida tomonlar hamkorlik masalasini tegishli mutaxassislar bilan atroflicha ko`rib chiqishga kelishdilar.

 

    Boshqa yangiliklar