AsosiyJamiyat

Davergeoedezkadastr qo`mita raisi Farg`onada bir necha rahbar va xodimlarni lavozimidan ozod etdi

'Davergeoedezkadastr qo`mita raisi Farg`onada bir necha rahbar va xodimlarni lavozimidan ozod etdi'ning rasmi

Davergeoedezkadastr qo`mita raisi Abdushukur Abdullaev bugun Farg`ona viloyatida bir necha rahbarlar va xodimlarni egallab turgan lavozimidan ozod etdi.

Bu haqda darakchi.uz saytiga O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi Ne`mat Atamuratov xabar qildi.

4 mart kuni qo`mita raisi Farg`ona viloyati er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi rahbar hamda xodimlari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda  qishloq xo`jaligi erlarini o`zboshimchalik bilan egallab olish holatlariga hech bir munosabat bildirmaganligi va o`z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani, o`z ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashib, tuman (shahar) tizim idoralarida etarli darajada ishni tashkil etmaganliklari uchun Dang`ara, Oltiariq, Uchko`prik tumanlari, Marg`ilon va Quvasoy shahar filial raxbarlari hamda 3 nafar etakchi mutaxassislarni egallab turgan lavozimlaridan chetlatilib, yana bir nechata rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar qo`rildi.

    Boshqa yangiliklar