AsosiyJamiyat

Yagona migrasion markaz ish boshladi

'Yagona migrasion markaz ish boshladi'ning rasmi

Prezidentimiz 28 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrifi doirasida Yagona migrasion markaz faoliyat boshladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad Rossiya Federasiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O`zbekiston fuqarolarini jo`nash oldidan tayyorlash, moslashuv va psixologik tayyorlash xizmatlarini ko`rsatishdan iborat.

Bu erda migrasion kartani to`ldirish tartibi, sug`urta polislarini rasmiylashtirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.  

Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiya Xalqlar do`stligi universiteti kelishuviga muvofiq, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini o`rgatish va patent olish uchun talab etiladigan tegishli sertifikatni O`zbekistonda berish kabi xizmatlar ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar