1 mart kuni taxminan soat 13:30 larda 26 yoshli E.R. Farg`ona shahar Sh.Rashidov ko`chasidagi uylarning biriga mehmonga kelgan. Uy egasi 28 yoshli A.A.ning boshqa xonaga kirganligidan foydalanib, “Spark” avtomashina kalitini olib, hovlidagi avtomashinani olib qochib ketgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida taxminan soat 23:45 larda Farg`ona shahar “Neftchilar” o`yingohi oldida E.R. “Spark” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganida ushlangan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida E.R. avtomashinaning 4 dona quyma diskasi va shinalarini fuqaro 26 yoshli A.O.ga jami 120 AQSh dollari hamda 480 ming so`mga sotib, avtomashinaga eski turdagi shinalar o`rnatganligi aniqlanib, sotib yuborilgan 4 dona diska va shinalar A.O.dan ash`yoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishida E.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va o`rnatilgan tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






