AsosiyJinoyat

Surxondaryoda avtomashinalar to`qnashuvi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Surxondaryoda avtomashinalar to`qnashuvi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

9 fevral kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanining “Fayzli” mahallasi hududidan o`tuvchi M-41 avtomobil yo`lining 1471-kilometrida, Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida yashovchi X.F. boshqaruvidagi “Opel-Zafira” rusumli avtomashinasi bilan “Denov-Dushanbe” yo`nalishi bo`ylab boshqarib ketayotganida boshqaruvni yo`qotib qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan, tumanning “Tasmasoy” mahallasida yashovchi S.H. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashinasi yo`nalishiga chiqib ketib to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada "Damas" avtomashinasi haydovchisi S.H. sud-tibbiy ekspertizasining 29 fevral kunidagi xulosasiga ko`ra, o`rtacha og`irlikdagi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. 4 mart kuni X.F.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar