AsosiyJinoyat

Restoranda o`z dugonasini tunagan surxondaryolik qizga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Restoranda o`z dugonasini tunagan surxondaryolik qizga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 02 mart kuni Termiz shahrida yashovchi 20 yoshli L.X. (ayol) Termiz shahri bo`yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning 01 mart kuni taxminan soat 21:30 larda “Do`stlik” mahallasidagi restoranlarning birida tanishi 21 yoshli U.O. (ayol) uning qo`lidan narxi 1.400.000 so`mlik «RedMi 6» rusumli uyali telefon apparatini tortib olganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan Termiz shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar