Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “AVTOMALIKA” ko`rik tanlovini o`tkazishni rejalashtirgan. Ko`rik tanlovda ishtirok etadiganlar yoshi va soni chegaralanmagan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi
Ko`rik tanlov uch bosqichda o`tkaziladi. G`oliblarni munosib sovg`alar kutmoqda. Bayramni ko`ngildagidek o`tkazay desangiz, haydovchilik mahoratingizni yana bir karra sinovdan o`tkazishni xohlasangiz “AVTOMALIKA” ko`rik tanloviga marhamat qiling.
Ko`rik tanlov 6 mart kuni ertalab soat 9:00 da boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Qorasuv-6, Gyote ko`chasi 52-uy.