AsosiyJamiyat

Gavhar Alimova ham hokim bo`ldi

'Gavhar Alimova ham hokim bo`ldi'ning rasmi

Kattaqo`rg`on shahrida o`tkazilayotgan Xalq deputatlari Kattaqo`rg`on shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi, deya xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi. 

Shu kunga qadar Kattaqo`rg`on shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Xashimov Muzaffar Kazimovich o`z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Alimova Gavxar Zayirovna nomzodi Kattaqo`rg`on shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Eslatib o`tamiz, bundan avval ham O`zbekistonda ketma-ket ayol hokimlar tayinlovi amalga oshirilgan edi. Xususan, 4 mart kuni Andijon viloyati Bo`ston tumaniga Sadbarxon Mamitova va Qarshi tumaniga Maqsuda Mustafaeva, 18 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga senator Dilfuza Uralova hokim bo`lgan bo`lsa, 29 fevral kuni Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi o`rinbosari sifatida ishlab kelgan Nargiza Ne`matova tuman hokimi v.b.  va Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumaniga Zulayho Bahriddinovna Mahkamova hokim etib tayinlangandi.

 

    Boshqa yangiliklar