Toshkent viloyatida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan fuqaro D.A “Telegramm” ijtimoiy tarmog`i orqali massaj xizmatlari haqida e`lon joylashtirgan. Bu orqali Buxoro shahrida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan A.N.ni aldab, massaj xizmatlari ko`rsatish evaziga oldindan to`lov qilishini aytib, N.A.ning o`z plastik kartochkasidan “PAYME” ilovasi orqali 500.000 so`m pulni o`tkazishiga erishgan. Biroq, bergan va`dasini bajarmasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan D.A.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
“Hurmatli fuqarolar! Internetdagi turli savdo saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo qilish, turli xizmatlardan foydalanishda ehtiyot bo`ling!” — deya ogohlantirmoqda Buxoro viloyati IIB






