O`zbekiston inklyuziv internet indeksi bo`yicha 69-o`rindan joy oldi. Mamlakat asosiy ko`rsatkichlar bo`yicha Osiyoning barcha davlatlaridan ortda qolmoqda.
Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi tomonidan tuzilgan inklyuziv internet indeksida (The Inclusive Internet Index) O`zbekiston 69-o`rinni egalladi. Umuman reyting dunyo aholisining 91 foizini va global yalpi ichki mahsulotning 96 foizini tashkil etadigan 100 mamlakatni qamrab olgan.
Mutaxassislarning fikriga ko`ra, O`zbekistonning Internet tarmog`ini qamrab olish bo`yicha ko`rsatkichlari barcha asosiy sohalarda boshqa Osiyo davlatlaridan orqada qolmoqda. Tahlilchilarning qayd etishicha, kamchiliklar ichida mobil qurilmalarga kiruvchi barcha mamlakat fuqarolari ichida gender nomutanosiblik ko`rsatkichi to`rtinchi darajada (eng past ko`rsatkich) qolmoqda: mamlakatda mobil qurilmalardan foydalanish uchun erkaklar ayollardan ko`ra 21% ko`proq imkoniyatga ega.
O`zbekiston Internetdan foydalanish darajasi bo`yicha dunyoda 66-o`rinda, foydalanish imkoniyati bo`yicha 76-o`rinda va ahamiyatliligi bo`yicha 63-o`rinda qayd qilingan. Mamlakatning bu boradagi tayyorgarlik darajasi bo`yicha esa 84-o`rinda joylashgan.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari orasida indeksga faqat Qozog`iston kiritilgan — mamlakat 49-o`rindan joy olgan.
Ro`yxatda birinchi o`rinda Shvesiya bormoqda. Undan keyingi o`rinlarda Yangi Zelandiya va AQSh qayd qilingan. Reytingning so`nggi uch o`rnini Madagaskar, Liberiya va Burundi kabi Afrika qit`asi mamlakatlari band etishgan.
“Bu yilgi indeks va so`rov natijalari shuni ko`rsatadiki, butun dunyo bo`ylab Internetga kirish o`sib borayotgan bir paytda, ayniqsa rivojlanishga muhtoj bo`lgan, kam daromadli mamlakatlarda o`sish surati sekinlashmoqda”, — deyilgan indeks tuzuvchilar bayonotida.
Ma`lumot uchun, EIU Facebook buyurtmasiga asosan 2017 yildan beri har yili inklyuziv internet indeksini taqdim etadi. Unda mutaxassislar nafaqat internetning mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, balki ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishishda internetdan foydalanishning ahamiyatini ham baholaydilar. Umumiy ball to`rt toifadagi ballarning umumiy yig`indisi asosida shakllanadi: mavjudligi, foydalanish imkoniyati, ahamiyati va odamlarning undan foydalanishga tayyorligi (ko`nikmalar, savodxonlik va boshqalar).