AsosiyJinoyat

Katta miqdordagi giyohvandlik vositasi ushlandi

'Katta miqdordagi giyohvandlik vositasi ushlandi'ning rasmi

Andijonda 2 mart kuni viloyat IIB va DHX boshqarmasi xodimlari tomonidan «Nexia» rusumli avtomashina salonida 99,77 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bu avtomashina Marhamat tumanida to`xtatilgan bo`lib, 41 yoshli O.T. ismli shaxsga tegishlidir.

Tekshiruv jarayonida O.T. ushbu giyohvandlik vositasini tanishi – S.K.dan olganligi va uni 1.000 AQSh dollariga sotib olishi lozim bo`lgan 51 yoshli K.A.ning buyurtmasiga asosan olib ketayotganligi ma`lum bo`lgan.

O`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, A.K. 1.000 AQSh dollari evaziga O.T.dan ushbu giyohvandlik vositasini sotib olayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.  Bundan tashqari  S.K.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida, jami 182,92 gramm giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. 

Shu tariqa tadbir jami 282,69 gramm miqdoridagi giyohvandlik vositasi va 1.000 AQSh dollari miqdorida pul giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullanuvchi kimsalardan tortib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marxamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar