Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda, fuqaro S.X. “999" probali 192,0 gramm quyma oltin parchalarini 8 000 AQSh dollari va 13,5 mln so`mga fuqaro O.Q.ga sotgan vaqtida ushlanib, quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






