AsosiyJinoyat

Buxorolik shaxs undan balandroq uy qurgani uchun qo`shnisini pichoqlab o`ldirdi

'Buxorolik shaxs undan balandroq uy qurgani uchun qo`shnisini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Buxoroda qo`shnisini pichoqlab o`ldirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o`qildi. Bu haqda effekt.uz yozdi.

Hodisaning Qorako`l tumanida sodir bo`lgani aytilmoqda. Qo`shnilar uzoq muddat davomida aynan mana shu sabab kelisha olmay yurishgan, hudud noziri ularni yarashtirishga bir necha bor uringan. Ammo, qo`shnilar yarashib olishni istamaganlar.

Navbatdagi janjallarning birida fuqaro U.E. qo`shnisi I.X. tanasiga pichoq bilan zarba bergan. Ko`rsatilgan tezkor tibbiy yordam choralariga qaramay, erkak vafot etgan.

Ayblanuvchiga esa sud qarori bilan 19 yilu 1 oylik qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar